Tokio-2020: Paralimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik bayroqdor oʻzgardi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi shu yil 21-avgust kuni Yaponiyaga yetib borgandi.
Narita aeroportida olingan test natijalariga koʻra, dzyudo boʻyicha bir nafardan sportchi va murabbiyimizda koronavirus infeksiyasi aniqlandi va ular Tokio shahrida karantinga olindi.
Shuningdek, yengil atletika boʻyicha terma jamoa aʼzosi va bayroqdori Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada boʻlganligi bois bu sportchiga ham Xalqaro paralimpiya tashkiliy qoʻmitasi hamda Yaponiya hukumati talablariga muvofiq karantin ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Shu sababli N.Qurbonova bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmaydi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tomonidan parakanoe boʻyicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzayeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifi maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring