TIV Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi
Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi. Bu haqida TIV rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron oʻrtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli toʻqnashuvlarga aylandi. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uygʻotmoqda.
«Oʻzbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti, barqarorlik va taraqqiyotga jiddiy xavf soluvchi holat sifatida baholaydi. Urushda gʻolib boʻlmaydi. Eng katta yoʻqotishni doim oddiy insonlar tortgan va bugun ham shunday boʻlmoqda.
Oʻzbekiston har doim tinchlikparvar siyosat yuritib kelgan va shunday davom etadi. Mamlakatimiz barcha davlatlar bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda.
Oʻzbekiston fuqarolarini tinchlikparvarlik, bagʻrikenglik va masʼuliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlashga chaqirib qolamiz. Mojarolarga nisbatan diniy, irqiy yoki boshqa shaxsiy mansubliklar asosida munosabat bildirmaslik, har qanday nafrat va ziddiyat targʻibiga qarshi turish barchamizning umumiy burchimizdir, deb qoʻshimcha qilinadi xabarda», — deyiladi TIV murojaatida.
Shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizni turli provokatsiya va haqoratomuz chaqiriqlarga uchmaslikka, holatlarga nisbatan hissiyot emas, balki vazmin munosabatni saqlab qolishga chaqirgan.
Oʻzbekiston TIV barcha mojarolar xalqaro huquq normalari va diplomatik muloqot asosida tinch yoʻl bilan hal etilishi tarafdori ekanini, tinchlik va oʻzaro hurmat asosidagi munosabatlar har doim yurtimiz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolishini yana bir bor taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring