Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 09.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, 2026-yildan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tanlov oʻtkaziladi:
- “Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”, “Eng yaxshi hududiy sogʻliqni saqlash organi rahbari”;
Har bir hududda:
- “Eng yaxshi tuman (shahar) sogʻliqni saqlash organi rahbari”, “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori” va “Eng yaxshi tuman (shahar) oʻrta tibbiyot xodimi”;
- “Eng yaxshi oilaviy poliklinika”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi” va “Eng yaxshi hududiy shifoxona”.
Tanlov natijalari asosida gʻoliblar quyidagi miqdorlarda 1-martalik ragʻbatlantiriladi:
- tibbiyot muassasalari – 500 mln soʻm;
- tibbiyot va rahbar xodimlar – 30 mln soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring