Tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yiliga 1,5 trillion soʻm ajratiladi

12:38 18 Mart 2022 Siyosat
718 0

Foto: president.uz

Toʻrtinchi yoʻnalishdagi chora-tadbirlar bevosita tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq.

Bu borada, eng avvalo, sogʻliqni saqlash xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish yanada kuchaytiriladi.

Bu yil ham byudjet tashkilotlari qatorida, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqini ham kamida 10 foizga oshirish reja qilingan.

Bunga qoʻshimcha ravishda joriy yil 1-iyundan:

— tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab yana 15 foizgacha oshiriladi;

— yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.

Bundan tashqari, Tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yiliga 1,5 trillion soʻm ajratiladi. Ushbu mablagʻlar hisobidan:

— alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar ham belgilanadi;

— yangi ish boshlagan fidoiy yosh shifokorlarga 1 million soʻmgacha maxsus oylik ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер