The Telegraph Oʻzbekistonni koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakat sifatida eʼtirof etdi
Buyuk Britaniyaning taniqli “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshdi.
“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uilerning soʻzlariga koʻra, “kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, oʻzidan nur va ajib goʻzallikni taratib turadi. Zamonaviy Oʻzbekistonda Buyuk Ipak yoʻlining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tyan-Shan togʻ massivi joylashgan”. Oʻzbekistondan tashqari ushbu roʻyxatga Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Moʻgʻuliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar kiritilgan. Nashrda taʼkidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda koʻrish mumkin boʻlgan joylar talaygina.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring