Termiz hayvonot bogʻida Xongul bolaladi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz hayvonot bogʻida saqlanayotgan noyob turdagi Xongul — Buxoro bugʻusi bolaladi.
Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, hozirda jonivorning salomatligi yaxshi, u veterinarlarning nazorat ostiga olingan.
Bugungi kunda hayvonot bogʻida 4 bosh — 2 bosh erkak, 2 bosh urgʻochi Buxoro bugʻusi saqlanmoqda.
Xongul (Buxoro bugʻusi) — yoʻq boʻlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Oʻtmishda Sirdaryo va Amudaryo havzalarining barcha toʻqayzorlarida keng tarqalgan.
Hozirda Amudaryo vodiysining yuqori (Surxondaryo viloyati) va oʻrta (Buxoro viloyati Qizilqum qoʻriqxonasi) oqimida yashovchi, Zarafshon Milliy tabiat bogʻi va Quyi Amudaryo biosfera rezervati, shuningdek, Zarafshon daryosi yuqorisida — Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasidagi aborigen populyatsiyalari, introduksiya va reintroduksiya yoʻli bilan yuzaga kelgan sunʼiy guruhlari mavjud.
Hozirda ekologiya posbonlari tomonidan Buxoro bugʻulari yashash areallari, ularning populyatsiyasi monitoringi olib borilmoqda. Ushbu noyob turdagi jonzotlarni muhofazasini taʼminlash, yanada koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring