“Temiryoʻlobod” chorvachilik va parrandachilik korxonasi faoliyatiga nazar (fotogalereya)
Foto: Hakim Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan OAV xodimlari uchun media-tur tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Joriy yilga rejalashtirilgan navbatdagi media-tur Xorazm viloyatining Shovot tumanida joylashgan “Temiryoʻlobod” chorvachilik va parrandachilik majmuasiga uyushtirildi.Unda 20 ga yaqin bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bugungi kunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan 5 ta yordamchi xoʻjaliklar mavjud boʻlib, ularda 5500 bosh qoramol, 60 ming bosh parranda, 500 bosh qoʻy – echki, 18 bosh zotdor ot boqilmoqda.Mazkur xoʻjaliklarda yetishtirilgan goʻsht, sut va tuxum mahsulotlari temiryoʻlchilar oilalariga va aholiga yetkazib berilayotir. “Temiryoʻlobod” chorvachilik va parrandachilik majmuasi aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi eng yirik yordamchi xoʻjalik boʻlib, bu yerda sohaga zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani tufayli yuqori samaradorlikka erishilmoqda.
– Hozirgi kunda 2 ming 300 bosh golshteyn, shvis zotiga mansub nasldor qoramollar, 30 ming boshdan ortiq parranda parvarishlanmoqda, – deydi majmua rahbari Qosimboy Jumaniyozov. – Yaqinda Germaniyadan simmental zotiga mansub 300 bosh qoramol olib keldik.Hozirda nasldor qoramollarni iqlim sharoitimizga moslashtirish jarayoni kechmoqda.Mahsuldorligi yuqori sogʻin sigirlardan yiliga 8 ming kilogrammdan ortiq sut sogʻib olinyapti.Tasarrufimizdagi 950 gektar ekin maydonida ilgʻor agrotexnologiyalar asosida ozuqa ekinlari yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek 18 gektar maydonda yangi bogʻ barpo etdik.
Joriy yilda majmuada omixta yem ishlab chiqarish, sut va goʻshtni qayta ishlovchi sexlar tashkil qilinadi.Albatta bu saʼy-harakatlar mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi taraqqiyotiga xizmat qilib,el dasturxoni toʻkinligini taʼminlashga zamin yaratadi.
Media-tur davomida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi” muxbiri
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring