Temir yoʻl vokzallari davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi

10:00 20 Noyabr 2023 Jamiyat
4823 0

Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”

Endilikda Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temir yoʻl vokzallari hamda ulardagi boʻsh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi

Har qanday sohani isloh qilish, sogʻlom raqobat jarayonlarini yaratish uchun unga xususiy sektorni keng jalb qilish bugungi davr talabi boʻlmoqda. 

Shu maʼnoda Temir yoʻl sohasida biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida joriy yil 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingan edi. 

Mazkur qaror ijrosiga koʻra, xususan, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tarkibida vokzallar faoliyatini taʼminlash boʻyicha “Temir yoʻl vokzallari” MCHJni tashkil qilish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan joriy yil noyabr oyidan boshlab, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temir yoʻl vokzallari hamda ularda joylashgan boʻsh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi.

Tadbirkorlar vokzallar va boʻsh joylarni ijaraga olishlari va ularda bizneslarini rivojlantirishlari uchun imkoniyati yaratildi. 

– Toshkent-Markaziy temir yoʻl vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kv.m. joy boʻlib, xususiy sherikchilik hamda ijaraga berilmoqda. Bu yerda tadbirkor ofis uchun joy, mehmonxona, doʻkon, xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishlari mumkin. 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Temir yoʻl vokzallaridagi boʻsh hududlarni ijaraga olmoqchi boʻlgan tadbirkorning taklifi oʻrganilib, tanlangan joy  “Ye-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.

 Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?