TDAU va Xorazm viloyati hokimligi oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi
Foto: TDAU axborot xizmati
Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov hamda Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) rektori Narzullo Oblomuradov tomonidan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelishuv imzolandi.
TDAU axborot xizmati xabariga koʻra, hamkorlik doirasida shoʻrga chidamli navlarni tanlash, yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, zooinjeneriya, agronomiya, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohalarida ishlab chiqarishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi qator yoʻnalishlarda hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Mazkur kelishuv doirasida tomonlar yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun talabalar amaliyotini tashkil etish orqali ilgʻor bilim hamda koʻnikmaga ega mutaxassislar tayyorlashda ishlar olib borishga kelishib oldilar.
Ushbu tashabbus viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasining yanada ilmiy asoslangan rivojlanishiga zamin yaratishi, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun amaliy bilim va koʻnikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring