“Tashabbusli byudjet”: mushtarak maqsad yoʻlidagi hamjihatlik

Oʻzbekiston tumani markazidan 12 kilometr olisda joylashgan “Begobod” mahalla fuqarolar yigʻinida koʻp yillik muammolar “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida bartaraf etilmoqda.
Yaqin yillarda mahallaning elektr taʼminoti tubdan yaxshilandi, ichki yoʻllar asfalt qilindi. Shu tariqa navbat toza ichimlik suvi muammosini hal etishga qaratilib, bu borada ham mahalladoshlar faollik koʻrsatdi.
Ularning mushtarak maqsad yoʻlidagi hamjihatligi tufayli shu yoʻnalishda ilgari surilgan taklif eng koʻp ovoz toʻpladi va gʻolib deb topildi. Natijada byudjetdan yoʻnaltirilgan 1 milliard 500 million soʻmlik loyiha asosida hududda yangi ichimlik suvi qudugʻi qazilib, 1 ming 600 metrdan ziyod tarmoq tortildi. Yangi suv minorasi oʻrnatilib, suv inshooti barpo etildi.
Shu kunlarda toʻliq yakuniga yetkazilayotgan loyiha natijasida mahalladagi 300 dan ortiq xonadonning toza ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.
— Mahalladagi 850 ta oilada 4400 nafar aholi istiqomat qiladi,—deydi “Begobod” MFY raisi Rajavali Sultonov. — Hayotbaxsh dasturlar doirasida soʻnggi yillarda bu kabi muhim muammo va masalalar toʻliq hal etildi. Bu esa xalqimizning dunyoqarashi, turmush tarzi oʻzgarib, farovonligi yaxshilanib borishida muhim omil boʻlmoqda.
Aytish joiz, “Tashabbusli byudjet” loyihasining birgina joriy yilgi ikkinchi mavsumida Fargʻona viloyatida 274 ta, Oʻzbekiston tumanida 14 ta loyiha gʻolib boʻldi. Shuningdek, ikkinchi mavsumda viloyat miqyosida 35 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topilib, mahalliy byudjetning mablagʻlari hisobidan 47 milliard 657 million soʻm ajratildi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring