“Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yoʻlida” shiori asosida yangi tizimni yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yigʻilishda kasaba uyushmalari oʻtgan davrda xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilish boʻyicha katta tajriba toʻplagani, xususan, ular “Ayollar daftari” orqali 4,5 million ehtiyojmand, kam taʼminlangan xotin-qizlarga yordam koʻrsatishda bosh-qosh boʻlgani alohida qayd etildi.
Xotin-qizlarning faol ijtimoiy qatlam boʻlib shakllanishida kasaba uyushmalarini yetakchi kuchga aylantirish uchun bugun barcha imkoniyatlar mavjudligi koʻrsatib oʻtildi. Bu borada “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yoʻlida” degan shior asosida yangi tizimni yoʻlga qoʻyish taklif etildi.
Prezidentimiz ushbu tizim doirasida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya va Federatsiyani mehnat bozorida xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning hayotda oʻz oʻrnini topishiga va ijtimoiy faolligini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha yangi yondashuvlarni joriy etishga chaqirdi.
Uy-joy va yashash sharoitini yaxshilashga, tibbiy, psixologik, huquqiy yordamga muhtoj, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarni ham “Ayollar daftari” orqali qoʻllab-quvvatlash, qishloq joylarida ayollar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish taklif qilindi.
Har yili mehnat jamoalaridagi gender audit natijalarini muhokama qilib, ish beruvchilar bilan birgalikda xotin-qizlarga yanada qulay mehnat sharoitlarini yaratish, 14 ta tarmoq kasaba uyushmalari boʻyicha gender tenglikni taʼminlash uchun manzilli strategiyalar ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring