“Tashabbusli byudjet”ning ovoz berish bosqichida Andijondan ikkita tuman ishtirok etmaydigan boʻldi
Foto: ChatGPT
Andijon viloyatining Oltinkoʻl va Ulugʻnor tumanlari “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi ovoz berish bosqichida ishtirok etmaydigan boʻldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, loyihaning 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 22 263 ta loyihalar kelib tushgan boʻlib, shulardan 18 656 tasi ovoz berish bosqichiga oʻtkazilgan.
Oltinkoʻl va Ulugʻnor tumanlarida esa loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz ravishda rad etilganligi toʻgʻrisida ishonch raqamiga shikoyatlar kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, Ulugʻnor tumanida jami 73 ta loyiha kelib tushib, shundan faqat 13 tasi ovoz berish bosqichiga oʻtgan. Ammo 60 ta loyiha hech qanday asossiz yoki sabablari tushuntirilmagan holda rad etilgan.
Oltinkoʻl tumanida ham shu kabi holat kuzatilgan. Ushbu hududdan 116 ta loyiha kelib tushgan boʻlsa, shundan 22 tasi ovoz berishga oʻtkazilgan, 94 ta loyiha esa asoslantirilmagan holda rad etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan vazirlik tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan mezonlarga asosan loyihalarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan xatlar yuborilgan boʻlsada, tegishli tuman ichki komissiyalari tomonidan loyihalar qayta koʻrib chiqilishi taʼminlanmagan.
Loyihalarni saralash bosqichida amaldagi mezonlarga rioya etilmaganligini inobatga olib, fuqarolardan kelib tushgan shikoyat va eʼtirozlar asosida Ulugʻnor va Oltinkoʻl tumanlarida tashabbusli byudjetning 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi oʻtkazilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2 mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi bugun, 22-avgustdan boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring