Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
Kechki ovqatni qondagi shakar darajasini tartibga solishda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin. Bu ayniqsa, qandli diabet bilan ogʻrigan odamlar uchun muhimdir. Kataloniya universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi.
Olimlar diabetga chalingan 50-75 yoshdagi 33 nafar ortiqcha vaznli erkak va ayolning maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Barcha ishtirokchilar bir kun davomida nazorat ostida parhezga rioya qilishdi. Shundan soʻng ularning qondagi qand miqdori ertalab, kechki ovqatdan 10 soat oʻtgach oʻlchandi. Tajriba davomida ishtirokchilar uzluksiz glyukoza monitoringi asboblarini kiyib yurishgan.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, kechki ovqat va uglevod miqdori qanchalik kech boʻlsa, ertalabki shakar darajasi shunchalik yuqori boʻlgan.
“Diabet bilan ogʻrigan odamlar uchun parhez tavsiyalari nafaqat uglevodlar miqdorini, balki ovqatlanish vaqtini va individual tana xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak. Bu diabet rivojlanishining oldini olishga yordam beradi”, deydi tadqiqot muallifi Diana Diaz-Rizzolo.
Tadqiqotchilar, shuningdek, yangi texnologiyalar — glyukoza sensorlari, mobil ilovalar va sunʼiy intellekt algoritmlari — shaxsiylashtirilgan metabolik monitoring va parhez va terapiyani aniq sozlash uchun imkoniyatlarni ochib berishini taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring