Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)

Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 19-sentyabr kuni Toshkent shahrida “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida, Jahon bankining “Samara” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Simpoziumning asosiy maqsadi iqtisodiyot va biznes boshqaruvi fanlarining dolzarb yoʻnalishlarida zamonaviy hamda empirik tadqiqotlarni muhokama qilish, ilgʻor metodologiyalar va amaliy yechimlarni almashishdan iborat boʻldi. Shuningdek, global oʻzgarishlar sharoitida iqtisodiy tizimlar va biznes jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi ilmiy gʻoyalarni ilgari surish ham kun tartibiga qoʻyildi.


Tadbirda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, ekspertlar, amaliyotchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqovning kirish soʻzi bilan boshlandi.

Simpozium davomida Oliy Majlis Senati senatori Erkin Gadoyev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Ahmedov tabrik soʻzlari bilan ishtirokchilarni qutladi. Shuningdek, Qirgʻiziston, Rossiya, Germaniya, Qozogʻiston hamda Turkiya universitetlari olimlari ham qiziqarli maʼruzalar bilan chiqish qildi.


Bundan tashqari, simpoziumga taqdim etilgan maqola va tezislar ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilib, ilmiy toʻplam sifatida chop etilishi belgilandi. Ushbu elektron toʻplam “research-center.uz” saytida eʼlon qilinishi hamda “ilmiyanjumanlar.uz” platformasiga joylashtirilishi maʼlum qilindi.

Tadbir yakunida ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqada iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani rivojlantirish uchun muhim strategik yoʻnalishlarni belgilab berishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring