Taraqqiyotga xizmat qiluvchi hamkorlik
O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning Yevropa va Osiyo chorrahasi sifatida qulay geografik joylashuvi alohida ahamiyat kasb etadigan mamlakat sanaladi. Tariximizga nazar tashlasak, Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan, tabiiy resurslarga boy bu hudud turli davlatlar, yirik bozorlarni bog‘laydigan muhim zanjir o‘laroq, eksport-import aloqalarini ta’minlaydigan maskan sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p, chuqur boy tarixi, 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil yashab kelayotgan buyuk davlat hamdir.
O‘zbekiston va Pokiston aloqalari, madaniy-tarixi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Buyuk Ipak yo‘li nafaqat savdo yo‘li, balki millatlarning o‘rtasida fikr, madaniyat, urf-odat almashinuvlarini bog‘lashga xizmat qilgan. Mamlakatlarimizni o‘zaro uzviyligini ta’minlab turgan savdo, tarixiy, madaniy aloqalari ikki mamlakatning munosabatlariga xizmat qiluvchi asos bo‘ladi. O‘tib borayotgan shiddatli yillar davomida ikki davlat eksport-import yo‘nalishidagi hamkorliklari, savdo va qishloq xo‘jaligidagi ko‘plab kelishuvlar orqali o‘zaro aloqani mustahkamladi. Bunday kelishuvlar O‘zbekiston Respublikasining tabiiy resurslari bilan Pokiston Islom Respublikasining barcha savdo tizimiga strategik kirish imkonini beradi. Mamlakat poytaxti esa Pokiston Islom Respublikasini Janubiy Osiyo va jahon bozoriga kirish darvozasidir, Pokiston esa O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim sherigi sifatida tan oladi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Pokiston bilan ikki tomonlama tranzit imtiyozli savdo bitimini imzolagan yagona davlat ekanligiyam hech kimga sir emas. Bu ikki mamlakatlarning mintaqaviy infratuzilma loyihalariga kiritgan moliyaviy mablag‘lari esa dunyo bo‘ylab moliyaviy va har tomonlama iqtisodiy o‘sish istiqboli, demakdir.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi turli sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan dolzarb hujjatlarni imzolashlari, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, texnologiya, IT va innovatsiya singari ko‘plab sohalarni qamrab olgan kelishuvlar, mamlakatlar fuqarolari uchun vizasiz tartib, huquqni muhofaza qiluvchi tizim, kasb-hunar ta’limi, yoshlar siyosati va milliy axborot agentliklari hamkorligi, shuningdek diplomatik aloqalar, poytaxtimiz va Lahor shaharlari o‘rtasidagi bitimlar shular jumlasidandir.
Mamlakatimiz rahbari hamda Pokiston Bosh vaziri qo‘shma matbuot bayonotida savdo va aloqalarni kengaytirishga tashabbuskor ekanliklarini yana bir bor ta’kidladi. Pokiston Bosh vaziri O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy o‘sish taraqqiyotini yuksak baholab, Pokiston Islom Respublikasi mintaqaviy aloqani temir yo‘l tizimlari orqali yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini ta’kidladi.
Tashrif doirasida “Texnopark” majmuasida ham bo‘lib, mamlakatimizning sanoat ishlab chiqarishi sohasidagi yutuqlari bilan tanishdi, bu borada ham hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, Lahor va Toshkent o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ekanligini ta’kilandi.
Umuman, ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat taraqqiyotini ta’minlash, bu borada o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jasur RAZZAQOV,
Toshkent davlat agrar universiteti Buxgalteriya hisobi, tahlil kafedrasi mudiri,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring