Tanzila Norboyeva Samarqandda “BMT Ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan “BMT Ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan muzokara oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorligi munosabatlar tarixida eng yuqori darajaga koʻtarilgani alohida qayd etildi. Ayniqsa, keyingi yillarda gender tenglik, xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash, imkoniyatlarini kengaytirish yoʻnalishida “BMT Ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqqani aytib oʻtildi.
Muloqot chogʻida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi bilan Tuzilma oʻrtasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Xususan, gender byudjetlashtirish, gender statistikasi hamda gender audit yoʻnalishlarida oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor amaliyotlarni joriy qilish boʻyicha fikr almashildi.
Munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish, unda aniq yoʻnalishlarni belgilashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring