Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida»gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shunday qilib, pasportni tayyorlash muddati uzaytirilmoqda. Xususan, u obyektning murakkabligiga qarab:
- koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar uchun — 5 ish kunigacha;
- yakka tartibdagi uy-joy uchun — 8 ish kunigacha boʻlgan muddatda tayyorlanadi.
Koʻchmas mulk obyektlarining yashash uchun moʻljallanmagan qismi va umuman koʻp kvartirali uy boʻyicha:
— umumiy maydonda:
- 100 kvadrat metrgacha — 8 ish kuni;
- 100 dan 1000 kvadrat metrgacha — 10 ish kunigacha;
- 1000 dan 5 000 kv. metrgacha — 15 ish kunigacha;
- 5000 dan 15 000 kv. metrgacha — 20 ish kunigacha;
- 15000 dan 50 000 kv. metrgacha — 26 ish kunigacha;
- 50 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlganda — 35 ish kunigacha muddatda tayyorlanadi.
Taʼkidlanishicha, hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va joriy yilning 28-may kunidan eʼtiboran kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring