“Taʼlim va kasb — 2025” koʻrgazmasidan fotoreportaj
Foto: Yunus Bo‘riyev, Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Joriy yilning 21-aprelidan 23-maygacha “Taʼlim va kasb — 2025” nomli XXVII xalqaro koʻrgazma mamlakatimizning 12 ta hududida boʻlib oʻtadi. Mazkur koʻrgazmada dunyoning 100 dan ortiq nufuzli universitetlari oʻzlarining keng qamrovli taʼlim xizmatlarini namoyish etadi.

Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:
— yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ularning dasturlari bilan yaqindan tanishish;
— oʻqishga qabul jarayoni, taʼlim dasturlari, yotoqxona sharoitlari va talabalar hayoti haqida batafsil maʼlumot olish;

— universitet vakillari bilan bevosita muloqotda boʻlib, oʻqishga kirish tartiblari yuzasidan maslahat olish;
— bepul taʼlim olish yoki grant dasturlarida ishtirok etish shartlari bilan tanishish;
— oʻzlarini qiziqtirgan yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtini tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar.

Koʻrgazma Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda My Fair kompaniyasi hamkorligida, bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar egallashiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilmoqda.
Koʻrgazmaga kirish bepul.






















Foto: Yunus Bo‘riyev, Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring