Taʼlim tizimini bir kunda isloh qilib boʻlmaydi, ammo bir jamoa boʻlib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz — Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” aʼzolari uchun “Zamonaviy taʼlim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida soʻz yuritdi:
Tizimda amalga oshirilayotgan koʻplab islohotlar bugun taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yoʻldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda oʻz ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim boʻladi.
Bugungi trening ayni shu yoʻlda yana bir qadam boʻladi, deb oʻylayman.
Tizimni bir kunda oʻzgartirib boʻlmaydi. Lekin bir jamoa boʻlib harakat qilsak, albatta rejalarimizni roʻyobga chiqara olamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring