Talabalar uchun yangi turarjoy foydalanishga topshirildi
Termiz davlat pedagogika institutida talabalar uchun zamonaviy va barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi turarjoyning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bu talabalar turarjoyi davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo qilingan, loyihaning umumiy qiymati 36 milliard soʻmni tashkil etadi. Ushbu mablagʻning 50 foizi tadbirkor hissasi, qolgan 50 foizi esa davlat byudjeti hisobidan ajratilgan. Besh qavatli va 400 oʻrinli mazkur binoda talabalar uchun har tomonlama qulayliklar yaratilgan.

Unda talabalar nafaqat tinch va qulay yashash sharoitiga ega boʻlib qolmay, balki oʻqish, ilmiy tadqiqot, ijodiy va maʼnaviy rivojlanishlari uchun ham barcha imkoniyat mavjud.
— Bu yangi turarjoy talabalarning samarali taʼlim olishi va darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun eng zamonaviy talablarga toʻliq javob beradi, — deydi yoshlar masalalari boʻyicha prorektor Ulugʻbek Toʻramurodov. — Institutimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning rivojlanishiga yoʻnaltirilgan loyihalar davom ettiriladi. Yangi turarjoy bundan keyingi barcha dasturlar uchun muhim baza boʻladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring