Talabalar turar joylariga arizalar qabuli ochildi

12:27 01 Avgust 2025 Jamiyat
213 0

Bugun, 1-avgustdan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga moʻljallangan turar joylarga joylashish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, arizalarni yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Dastlab imtiyozli va ustuvor mezonlarga ega talabalar yotoqxona bilan taʼminlanadi. Shundan keyin umumiy roʻyxat asosida qolgan talabalar uchun mavjud oʻrinlar taqsimlanadi.

Yotoqxonalardagi oʻrinlar 1-kurs talabalari uchun 55–65 foiz, 2-kurs talabalari uchun 15–20 foiz, 3-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun 20–25 foizgacha ajratilishi mumkin.

Taʼkidlash joiz, arizalarni topshirish muddati cheklanmagan boʻlib, butun oʻquv yili davomida ochiq boʻladi.

Maʼlumot uchun, 2025/2026-oʻquv yili uchun OTMga 1-bosqichga qabul qilinadigan abituriyentlar test natijalari eʼlon qilingach, ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Ular uchun ham oʻrinlar yuqoridagi mezonlarga muvofiq belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер