Talabalar ijara toʻlovining bir qismini qaytarish uchun qayerga murojaat qilishi kerak?

10:56 17 Sentyabr 2025 Jamiyat
101 0

“Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida “huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unga koʻra, endilikda talabalar ijara toʻlovining bir qismini qaytarish boʻyicha my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin boʻladi. 2025-yilning 1-noyabr sanasidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qaytarish boʻyicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026-yil 1-yanvardan oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayoni bilan bogʻliq davlat xizmatlari Yagona portal orqali koʻrsatilishi belgilangan.

Shuningdek, 2026-yil 1-maydan nogironlikni belgilash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yoʻllanmani shakllantirish va elektron navbatga qoʻyish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2026-yil yakunigacha tibbiy koʻrik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qoʻyishda koʻmaklashuvchi sunʼiy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.

2025-yil 1-noyabrdan transportga gaz baloni oʻrnatilganligiga oid maʼlumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?