Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Ayni kunlarda Biznes-ombudsman tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz bo‘ylab tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan bir qator seminar-treninglar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Prezidentimizning “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarlarda hujjat mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berilmoqda.
Jumladan, Biznes-ombudsman axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida o‘tkazilgan seminarda tadbirkorlar, hokim yordamchilari va boshqa mansabdor shaxslar ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari uchun o‘tkazilgan seminarda ham yuqoridagi hujjat mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar, “Yagona davlat nazorati“ axborot tizimida ro‘yxatga olish va joriy etilayotgan yangi tartiblar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda farmon ijrosini ta’minlash, yo‘l qurilishida tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari, qonunbuzilish holatlarining oldini olish va “Xavfni tahlil qilish“ elektron tizimi joriy etilishi masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring