Surxondaryoda Usmon Azimning 75 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi
Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston xalq shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da oʻtgan tantanali kecha adabiyot va sanʼat ixlosmandlari, taniqli ijodkorlar, ziyolilar, olimlar, yoshlar hamda keng jamoatchilikni bir maydonga jamladi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqa ziyolilar soʻzga chiqib, soʻzning sehri bilan millionlar qalbini rom etgan Usmon Azim shaxsiyati va ijodi haqida samimiy mulohazalar bayon etdilar.
— Usmon Azim soʻzga masʼuliyat bilan yondashgan, millat qalbi va ruhini satrlar orqali jonlantirgan soʻz sanʼatkori, — dedi Sirojiddin Sayyid. — Uning sheʼrlari yurtimiz tabiati, xalqimiz hayoti va his-tuygʻularini butun realligi bilan aks ettiradi. Shuning uchun ham har bir misra kitobxon qalbida hayot boʻlib yashaydi.

Tadbirda sanʼatkorlar shoir sheʼrlariga asoslangan qoʻshiqlarni ijro etdilar. Usmon Azim hayoti va ijodiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi, “Alpomishning qaytishi” spektaklidan parchalar sahnalashtirildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar shoir tavallud topgan Boysun tumanida ham davom ettirildi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring