Surxondaryoda sud ishini “hal qilib bermoqchi” boʻlgan sobiq soliqchi ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr muhandisi hamda sobiq soliqchi ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Soʻnggi kunlarda huquq-tartibot organlari tomonidan korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qoʻyish maqsadida bir nechta muvaffaqiyatli amaliyotlar oʻtkazildi.
Samarqand: 2 sotix yer uchun 2 500 dollar
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Pastdargʻom tuman filiali muhandisi qoʻlga tushdi.
Maʼlum boʻlishicha, u mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini vakolatli tanishlari orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazib berishni vaʼda qilgan. Xizmati evaziga 2 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda muhandisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Surxondaryo: Sud qarorini “hal qilib bermoqchi” boʻlgan sobiq soliqchi
Yana bir holat Surxondaryo viloyatida kuzatildi. Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasining sobiq bosh inspektori iqtisodiy sudda koʻrilayotgan ishga aralashib, daromad orttirmoqchi boʻlgan.
U bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligining egalik huquqini tiklab berish evaziga fuqarodan 10 mln soʻm talab qilgan. DXX va Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda sobiq amaldor pulni olayotgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatma: Hurmatli fuqarolar, agar siz ham shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz, DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring