Surxondaryoda koʻp miqdordagi «Vello» mahsulotining savdosiga chek qoʻyildi
Foto: Prokuratura departamenti
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 5 890 quti «Esse Change» va 1 000 quti «Vello Polar Mint» nomli tamaki mahsulotlarining savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Ш.Ў. va boshqalar xorijda ishlab chiqarilgan 5 890 quti «Esse Change» va ming quti «Vello Polar Mint» nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro М.Х.га 155 mln soʻm va 7,5 ming dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda «Chegara» mahallasi hududida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar А.Н., Ш.Ж. va И.У. xorijda ishlab chiqarilgan 1 200 quti «Esse Change» nomli tamaki mahsulotini fuqaro А.А.га 54 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 1 790 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring