Surxondaryoda fuqaroni ishga joylab qoʻymoqchi boʻlgan mansabdor pora bilan qoʻlga tushdi

12:37 17 Sentyabr 2025 Jamiyat
161 0

Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar boʻlimi boshligʻiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Mediatsiya va yuridik maslahatlar huzuridagi hakamlik sudining kadrlar boʻlimi boshligʻi xizmat mavqeyidan foydalangan holda, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viloyat Bojxona boshqarmasiga nazoratchi vazifasiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga ming AQSH dollari talab qilgan.

Shundan soʻng, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan hamda tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер