Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi

12:31 29 May 2022 Jamiyat
1644 0

Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.

Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatimizning Sariosiyo tumanidan ham topildi. Ushbu terrakota haykalida buddaning oʻtirgan holati tasvirlangan.

Tumanning «Shahriobod» mahallasi Hurvatan qishlogʻida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasiga topshirilmoqda, deb xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер