Surxondaryoda 68 ta bogʻcha qurilishi boshlandi
Surxondaryo viloyatida maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish, bolalarning taʼlimga boʻlgan qamrovini kengaytirish maqsadida muhim ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qumqoʻrgʻon tumani Hunarmandlar mahallasidagi maktab hududining foydalanilmayotgan qismida hamda videokonferensiya orqali viloyatning barcha shahar va tumanlarida davlat-xususiy sheriklik asosida 68 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilishiga rasman start berildi.

Mazkur loyihalar natijasida har bir tumanda bogʻcha qamrovi kamida 80 foizga yetkazilishi koʻzda tutilmoqda, bu esa yosh avlod uchun sifatli taʼlim muhitini yaratishda muhim omil hisoblanadi.
Bu tashabbus yosh avlodni mukammal taʼlim bilan taʼminlash, har bir bolaning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti yoʻlida ustuvor vazifa sifatida belgilanganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring