Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligi masalalari oʻrganilmoqda

22:20 04 Dekabr 2025 Siyosat
280 0

Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining ishchi guruhi tomonidan yoshlar, shu jumladan, taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

Ishchi guruh aʼzolari Kasbiy koʻnikmalar markazi va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazlardagi oʻquv jarayonlari, amaliy mashgʻulotlar, taʼlim yoʻnalishlari, zamonaviy oʻquv uskunalari hamda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Ayniqsa, nogironligi boʻlgan yoshlar, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni kasbga oʻqitish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va jamiyatda munosib oʻrin topishlariga koʻmaklashish masalalari alohida koʻrib chiqildi.

Kasbiy koʻnikmalar markazi faoliyati tahlil qilinib, bu kabi taʼlim muassasalari yoshlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarni egallashi, oʻzlariga boʻlgan ishonchni oshirishi va jamiyatda munosib oʻrin egallashlariga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida yaratilgan ishlab chiqarish va infratuzilma sharoitlari bilan tanishdilar. Ayrim sanoat zonalarida infratuzilma ishlari – yoʻl, suv va elektr taʼminoti toʻliq yakunlanmagani, bu esa yosh tadbirkorlarning loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirishida qiyinchilik tugʻdirayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Termiz, Angor va Muzrabot tumanlaridagi mahallalarda “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlar davomida aholining daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha aniq amaliy tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?