Surxondaryo viloyati Bandlik boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Surxondaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga Abdurayimov Bahodir Raxmatullayevich tayinlandi.
Surxondaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Abdurayimov Bahodir Raxmatullayevich tayinlandi.
Bahodir Abdurayimov 1982-yilda Boysun tumanida tugʻilgan. 2005-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan boʻlib, maʼlumoti boʻyicha moliya sohasi mutaxassisi hisoblanadi.
Mehnat faoliyati davomida u Surxondaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida turli masʼul lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Oltinsoy va Denov tumanlarida hokimning birinchi oʻrinbosari sifatida samarali faoliyat yuritib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash masalalarida katta tajriba orttirgan.
Mazkur tayinlovga qadar, 2025-yildan buyon Denov tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, ushbu lavozimda ishlab kelgan Odiljon Yaqubov avvalroq Sariosiyo tumani hokimi etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring