Surxondaryo meva-sabzavotlari Qozog‘istonga eksport qilinmoqda
Joriy yil sentabr oyida Qozog‘istonning “TL NIKA Keden” korxonasi vakillari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgan edi.
Xususan, Denov tumanidagi “Passion Work” hamda Sherobod tumanidagi “Sherobod Anor Impex” MCHJ tomonidan “TL NIKA Keden” korxonasi bilan 50 mln. dollarga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Shunga binoan oktabr oyining o‘zida 10 mln. dollarlik 22 ming tonnadan ziyod uzum, anor, xurmo, limon, pomidor va ko‘katlar Qozog‘iston Respublikasi bozoriga chiqarildi.
Yil yakuniga qadar shartnomada ko‘rsatilgan 50 mln.dollarga teng mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.
I. RAHMATOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring