Suriyadagi guruhlar Mudofaa vazirligi qoshida birlashishga kelishib oldi
Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Shara isyonchi guruhlar bilan Mudofaa vazirligi qoshida bir kuch sifatida birlashishga kelishib oldi, deya xabar berdi Suriya yangi bosh maʼmuriyati.
Al-Shara va guruhlar rahbarlari oʻrtasidagi uchrashuv barcha guruhlarni tarqatib yuborish va ularni mudofaa vazirligi nazorati ostida birlashtirish boʻyicha kelishuv bilan yakunlangan, biroq Suriya shimoli-sharqidagi Kurdlar boshchiligidagi va AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Suriya demokratik kuchlari guruhi eʼlon qilingan kelishuvning bir qismiga kirmaydi. Bosh vazir Muhammad al-Bashir oʻtgan hafta vazirlik sobiq isyonchi guruhlar va Bashar Asad armiyasidan qochib ketgan zobitlardan foydalangan holda qayta tuzilishini aytgan edi.
Jurnalistlar Asad rejimi qulaganidan buyon bu Suriyada yuz bergan eng muhim oʻzgarish ekanligini aytishgan. Eng asosiy savol 13 yillik fuqarolik urushi davomida rejimga qarshi kurashgan bu guruhlar qanday qilib birlashishlari edi. Eni ular Mudofaa vazirligiga birlashtirilishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring