Suriyada isyonchilar Hafiz Asadning qabrini vayron qilishdi

16:06 13 Dekabr 2024 Dunyo
328 0

BBC tomonidan tasdiqlangan videolarda koʻplab qurollangan odamlar va yonayotgan maqbarani koʻrish mumkin.

“Hayyat Tahrir ash-Sham” harakati boshchiligidagi isyonchilar yashin tezligida Suriyani qoʻlga kiritib, Asadlar oilasining 54 yillik hukmronligiga nuqta qoʻydi. Mamlakatni tashlab qochgan prezident Bashar Asad va uning oilasiga Rossiya boshpana berdi.

Butun mamlakat boʻylab marhum prezident Hafiz hamda uning oʻgʻli Basharning haykallari va suratlari ularning hukmronligiga barham berilganini nishonlayotgan suriyaliklarning shodiyonalari ostida yoʻq qilinmoqda.

2011-yilda Bashar Asad demokratiya ruhidagi tinch namoyishni shafqatsizlarcha bostirib, mamlakatni vayronkor fuqarolik urushiga giriftor qilgan, oqibatda yarim milliondan ortiq suriyalik halok boʻlgan, 12 million fuqaro oʻz uylarini tashlab ketgandi.

Hafiz Asad Suriyani 1971-yildan 2000-yilda vafotigacha, hokimiyat oʻgʻliga topshirilgunga qadar shafqatsizlarcha boshqargan.

Mamlakat aholisining qariyb 10 foizini tashkil etuvchi koʻplab Alaviylar uzoq vaqt hokimiyatda boʻlganlarida Asadlarni astoydil qoʻllab-quvvatlaganlar.

Ulardan baʼzilari endi gʻalaba qozongan isyonchilar nishoniga tushishidan qoʻrqishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?