Sunʼiy intellektning rivojlanishi ijodiy kasblarga qanday taʼsir qiladi?
Illyustrativ foto
Janubiy Avstraliya universiteti ekspertlari sunʼiy intellektning ijodiy kasblarga taʼsirini oʻrganishdi. “Creativity Research Journal” nashrining xabar qilishicha, tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, neyron tarmoqlar kundalik vazifalarni bajarishi mumkin, ammo kreativlik sohasida odamlarning oʻrnini bosishga qodir emas.
Professor Devid Kroplining qayd etishicha, sunʼiy intellekt insonning ijodiy koʻnikmalari bilan raqobatlashishi emas, balki ularni toʻldirishi kerak. Sunʼiy intellektning asosiy vazifasi oldindan aytsa boʻladigan jarayonlarni avtomatlashtirish, odamlarga haqiqiy ijodiy faoliyatga eʼtibor qaratish imkonini berishdir.
Doktor Rina Marronening taʼkidlashicha, bir necha yil oldin sunʼiy intellekt kreativlikni rivojlantirishi va hatto eng yaxshi insoniy isteʼdodlar bilan bellasha olishi mumkinligi haqida munozaralar boʻlgan. Biroq bugungi kunda ekspertlar yanada muvozanatli fikrga kelishmoqda: sunʼiy intellekt faqat ijodiy xodimlarga koʻmak berishga qodir, lekin ularning oʻrnini bosa olmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring