Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari mutaxassislarining malakasini oshirish oʻquv markazi ochilish marosimi oʻtkazildi

18:12 14 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
344 0

Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”

Joriy yilning 14-noyabr, seshanba kuni Moliya institutida Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari mutaxassislarining malakasini oshirish oʻquv markazi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent Moliya Instituti Rektori – Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Teshabayev Toʻlqin Zakirovich, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili oʻrinbosari ANAS FAYYAD KARMAN, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi Kengashi raisi Xalilov Oybek Nosirovich nutq soʻzladi.

Shuningdek, trening markazi faoliyati, ochilish tarixi, maqsadlari boʻyicha prezentatsiya taqdim etildi.

Marosim yakunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Toshkent moliya instituti va Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi oʻrtasidagi ANGLASHUV MEMORANDUMI imzolandi.

Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?