Sud “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi
Mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlar talablari ijrosini taʼminlanishi yuzasidan “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyatida tekshirish oʻtkazilgan. Natijada 11 ta holatda kamchilik aniqlangan.
Jumladan:
• chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi meʼyoriy hujjat talabiga javob bermasligi;
• ifloslantiruvchi moddalar belgilangan meʼyordan ortiq chiqarilayotgani;
• kimyoviy moddalar belgilangan hududda joylashtirilmagani;
• suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning ortiqcha chiqarilayotgani;
• kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirilmagani natijasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinmagani aniqlangan.
Shu sababli Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi sudga ariza bilan murojaat qilgan va “Maxam-Chirchiq” AJning faoliyatini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatishni soʻragan.
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining kecha, 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Maxam-Chirchiq” AJning faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring