“Steam Rlaza“ maktabi xalqaro dastur asosida taʼlim beradi
Yangi Namangan tumanidagi Abu Rayhon Beruniy nomli mahallada tadbirkor Madina Moʻminova tomonidan loyiha qiymati 600 ming dollar boʻlgan xususiy maktab barpo etildi. 120 nafardan ziyod oʻquvchini qamrab olgan mazkur taʼlim muassasasida 40 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Bu maktab faoliyati Finlandiya taʼlim tizimiga asoslanib, Buyuk Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlari qoʻllanmalari hamda AQSHning STEAM dasturi orqali olib boriladi.

— Yangi loyihani ishga tushirishda tadbirkor ayolning xususiy taʼlimni yoʻlga qoʻyish sohasidagi tajribasi qoʻl keldi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Yulduz Yoʻldosheva. — U bundan avval “Baby Plaza” nomli maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etib, 35 nafar mutaxassisni ish bilan taʼminlagan edi. Ayni paytda ushbu bogʻchada 350 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Yaqinda “Steam Rlaza“ dastlabki oʻquvchilarini bagʻriga oldi. Maktabga ishga taklif qilingan tajribali muallimlar ularga xalqaro andozalar darajasida saboq berishni boshlashdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring