Shaxboz Umarov “Ordabasi” klubi ustidan FIFAga shikoyat qildi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Shaxboz Umarov sobiq klubi — Qozogʻistonning “Ordabasi” jamoasi ustidan FIFAga rasmiy shikoyat yoʻlladi. Bu haqda mamlakatdagi “Дядя Ваня” Telegram kanali xabar berdi.
Manba maʼlumoticha, futbolchi 31 million 690 ming tenge (taxminan 58 ming AQSH dollari) miqdoridagi qarzni talab qilmoqda.
“Futbolchi va agentlari avval klub bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan, ammo vaʼdalar bajarilmaganidan keyin FIFAga murojaat qilishga majbur boʻlgan”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumotga koʻra, “Ordabasi” yuristlari avval futbolchi talablarini asossiz deb hisoblagan, ammo FIFAning huquqiy masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi Emilio Garsiya Silvero hujjatlarni koʻrib chiqqach, qarorni futbolchi foydasiga chiqargan.
Hozirda “Ordabasi” rahbariyati vaziyatni yumshatish va kelishuvga erishish uchun harakat qilmoqda.
Maʼlumot uchun, Shaxboz Umarov 2022–2025-yillarda “Ordabasi” safida 77 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan. U jamoa bilan birga Qozogʻiston chempionati va kubogida gʻalaba qozongan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring