STEAM innovatsion ta’lim markazi ochildi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Ozarbayjon Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEAM innovatsion ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz qarori asosida tashkil etilgan va loyiha qiymati 15 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu zamonaviy markaz jami 9 ta laboratoriya, uchrashuvlar va boshqaruv xonalaridan iborat.
E’tiborlisi, ushbu markaz uchun Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi tomonidan 551 ming AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy laboratoriya hamda mebel jihozlari beg‘araz yetkazib berildi.
Markazda mavjud sharoitlar ta’lim sohasiga zamonaviy imkoniyatlar, yangiliklar olib kirish uchun ahamiyati katta. Ushbu jihozlar yordamida maktabgacha va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘yinlashtirilgan o‘quv qurilmalari yordamida kreativ fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi, 4 xil turdagi konstruksiyaviy to‘plamlar yordamida o‘quvchilarning robototexnika va IQ darajasi rivojlantiriladi, aviasimulyator laboratoriyasidagi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali aerodinamika va parvoz nazariyasi hamda dronlar va sun’iy yo‘ldoshlar tuzilishi o‘rgatiladi, virtual laboratoriyada murakkab sohalarni xavfsiz muhitda o‘rganish imkoniyati yaratiladi.
Yana bir yangilik: 2025-yil iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich yozgi innovatsion oromgoh, iqtidorli maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun “Yashil maskan” festivali, ekotizim uchun foydali startaplar hamda innovatsion ishlanmalar loyihalarini joriy etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring