Spiker: Harakatlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari BRM bilan hamohang
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov “Barqaror rivojlanish maqsadlari va barqaror ijtimoiy rivojlanish: COVID-19 asoratidan samarali tiklanish” mavzuida xalqaro forumida ishtirok etdi. U oʻz soʻzida taʼkidlaganidek, “Barqaror rivojlanish maqsadlari – bu BMTning aʼzo davlatlariga nisbatan dunyoning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan oʻziga xos chaqirigʻi boʻlib, u butun insoniyatning farovon turmushini yaxshilashga qaratilgan noyob hujjatdir. Uning zamirida eng ezgu niyatlar, insoniyat farovonligi va osuda hayot qurish maqsadlari mavjud. Lekin afsuski, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyat barcha mamlakatlarning barqarorligi, aholi turmush darajasi va farovonligiga jiddiy putur yetkazmoqda”.
N. Ismoilov, shuningdek, Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan toʻla hamohangligini, milliy “Yoʻl xaritasi” sifatida eʼtirof etilgan ushbu dasturilamal hujjatga muvofiq, mamlakatda soʻnggi yillarda barcha sohada keng koʻlamli islohotlar olib borilayotganligini taʼkidladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasida parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mamlakatimizda COVID–19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar berdi. Eng asosiysi, har qanday pandemiya sharoitida ham ijtimoiy masalalarga eʼtibor susaytirilmayotganligi, aholining ijtimoiy himoyasini, ayniqsa, ularning mehnat qilish, sogʻligʻini saqlash, taʼlim olish huquqlarini taʼminlash, bunda inson huquqlari sohasidagi xalqaro talablar doirasida ish olib borilayotganligiga eʼtibor qaratdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring