Soʻnggi toʻrt yilda oliygohlarni ilmiy tadqiqot uchun tuzgan shartnomalari 3 karra koʻpaydi

17:20 20 Iyun 2024 Siyosat
334 0

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Oliygohlarda ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Soʻnggi toʻrt yilda oliygohlarni ilmiy tadqiqot uchun tuzgan shartnomalari 3 karra koʻpaydi. Ulardan daromad 6 karra oshgan.

Lekin, ayrim oliygohlardagi ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish juda past. Ixtirolarini patentlashda ham hamma birdek emas.

Kooperatsiya yarmarkalarida oliygohlarning aksariyati faqat sotib oluvchi boʻlib ishtirok etayotgani, daromadni xorijiy loyihalar hisobiga ham oshirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib, davlat va ishlab chiqaruvchi mablagʻlarini jalb qiladi, tadqiqot oʻtkazadi, innovatsion mahsulot yaratib, tijoratlashtiradi.

Ular 5-7-yil ichida universitetdan ajraladi va kichik korxonaga aylanadi.

Bizda Fargʻona politexnika instituti 14 ta korxona (spin-of) ochib, 21 milliard soʻm daromad qilgan. Bu yil daromadni 40 milliard soʻmga, kelasi yili – 100 milliard soʻmga olib chiqish boʻyicha aniq hisob-kitoblari bor.

Eng muhimi, ushbu korxonalar ishchilarining 90 foizi oliygoh oʻqituvchilari va talabalari.

Umuman, jami 12 ta oliygohda bunday 28 ta korxona tashkil qilinib, ular 47 milliard soʻm daromad olgan. Lekin, qolgan 24 ta oliygoh rektorida ham, hokimlarda ham bu borada birorta tashabbus yoʻqligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер