Sobiq hokimning uyidani 13 tonnadan ziyod tilla chiqdi. Bu dunyodagi 100 ta davlat oltin zaxirasidan ham koʻp
Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan Danchjou shahri sobiq meri Chjan Sining uyi tintuv qilindi. Natijada xonadon yertoʻlasidan 13,5 tonna quyma oltinlar topildi.
Moddiy boyliklar zamonaviy xavfsizlik tizimi yordamida qoʻriqlanayotgan ekan.
Xaynan turistik provinsiyasidagi 500 ming aholiga ega shaharning sobiq hokimi bir vaqtning oʻzimda kommunistik partiya kotibi boʻlib ham ishlagan. Uning uyidan tillalardan tashqari 268 mlrd. yuan(37 mlrd. dollar) ham topilgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari shahar miqyosidagi rahbar shuncha yil davomida qanday qilib shunday katta boylik va bir necha ming kvadrat metr maydonga ega qimmatbaho koʻchmas mulkni saqlab kelganiga aniqlik kirityapti.
XXRda korrupsiya jinoyati uchun ogʻir qamoq yoki oʻlim jazosi tayinlanadi.
Ushbu davlatning hozirgi rahbari Si Szinpin oʻz lavozimiga tayinlanganidan boshlab hokimiyatning barcha darajasidagi korrupsionerlarga qarshi “nol bagʻrikenglik” siyosatini qoʻllab kelmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kampaniya nafaqat oddiy davlat xizmatchilari, balki yuqori lavozimdagi davlat mansabdorlari va kompaniyalar raislariga ham qaratilgan. Masalan, 2016-yilda jamoatchilik xavfsizligi vaziri sobiq oʻrinbosari Li Dongshen mol-mulkining toʻliq musodara etilishi bilan bir qatorda 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Bir yil oldin esa China National Petroleum Corporation yirik neft kompaniyasi raisi Chjou Yunkan 20 yilga qamalgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring