Slovakiyada Oʻzbekistonning birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Slovakiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu mamlakat Prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorligʻini topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bratislavadagi “Grassalkovichlar” saroyida boʻlib oʻtgan tantanali marosimdan soʻng oʻtkazilgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Slovakiya oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Tomonlar soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga koʻtarilayotganini taʼkidlashdi. Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qoʻshma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Baxtiyor Ibragimov joriy yilning yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga Oʻzbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorligʻini topshirgan edi. U 2023-yil oktyabr oyida Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi lavozimida ish boshlagan.
Bundan tashqari, Baxtiyor Ibragimov YEXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi kabi xalqaro tashkilotlardagi Oʻzbekiston rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring