“Men unga yordam beraman”. Tramp Oq uydagi uchrashuvdan keyin Mamdaniy haqidagi fikrini oʻzgartirdi
Foto: Axios
AQSH prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkning yangi saylangan meri Zoxran Mamdaniy bilan Oq uyda uchrashgach, u haqidagi fikrini oʻzgartirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Trampning aytishicha, uchrashuv uni hayratga solgan. U va Mamdaniy oʻylagandan koʻra ancha koʻp masalalarda bir xil fikrda ekanligi maʼlum boʻlgan.
— U jinoyatchilik boʻlmasligini istaydi. U uy-joylar qurilishini istaydi. U ijara haqlarining pasayishini xohlaydi. Buning barchasi — men rozi boʻlgan ishlar, — dedi Tramp Mamdaniy bilan uchrashuvdan keyin. Prezident undan oldin Mamdaniyni qattiq tanqid qilgan edi.
Bungacha Donald Tramp Nyu-Yorkka federal mablagʻ ajratilishini toʻxtatishini aytgan edi. Endi esa u buni xohlamayotganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring