“Siz YUNESKOning himoya hududida turibsiz”
Foto: Халқ сўзи
Samarqandning tarixiy markazi va unga aloqador yodgorliklar 2001-yilda “Madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu hududlar insoniyat boyligi sifatida asrab-avaylanadi. Bu tarixiy yodgorlik va inshootlardan foydalanish, taʼmirlash va restavratsiyalash ishlarini olib borish yuzasidan belgilangan tartib-meʼyorlar bor. Ularga amalga qilish esa, albatta, majburiy.
— Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida Samarqand shahrining YUNESKO himoyasidagi tarixiy qismi bufer va qoʻriqlanuvchi hududida videokuzatuv kameralari, obyekt toʻgʻrisida maʼlumot, hudud xaritasi, himoya zonasiga tashrif buyuruvchilarning majburiyatlari, ushbu qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan, QR-kod orqali topish imkoniyatini beradigan maʼlumotlarni Internetga joylashtirish, axborot burchaklarini oʻrnatish boʻyicha topshiriqlari berilgan, — deydi Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari — turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi R. Qobilov. — Davlatimiz rahbarining 2021-yil 23-fevraldagi tegishli qarorida ham Samarqand viloyati hokimligiga YUNESKO tomonidan himoyaga olingan bufer va himoya zonalarining chegaralari toʻgʻrisida axborot beruvchi koʻrsatkichlarni oʻrnatish vazifasi yuklatilgan edi. Ana shu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugungi kunda Samarqand shahrida 55 ta xarita koʻrsatkichlari oʻrnatildi. Ularda bufer va himoya zonalarining chegaralari belgilangan xarita, hududda joylashgan tarixiy bino va inshootlar, yaqin-atrofdagi obidalarga oid maʼlumotlar joylashtirilgan. Shuningdek, har bir axborot-koʻrsatkichda QR-kod mavjud va u orqali obyekt toʻgʻrisida maʼlumot olish mumkin. Muhimi, “Siz YUNESKOning himoya hududida turibsiz” yozuvi aks etgan eslatma har bir tashrif buyuruvchini belgilangan majburiyatlarni unutmaslikka undaydi.
Yana bir yangilik – shaharning Yoʻlbarslar xiyobonida Sohibqiron Amir Temur Samarqandda bunyod etgan bogʻlari haqida maʼlumot beruvchi lavhalar oʻrnatildi. Oʻzbek, rus va ingliz tilida yozilgan bu maʼlumotlar orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar buyuk jahongirning bogʻ yaratish sanʼati boʻyicha qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishi mumkin.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring