“Siyosiy maʼrifat soati” — zamon bilan hamnafas
Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Bugungi shiddatli zamon, axborot davri har soha, har jabhada yangiliklar qilishni, davlat xizmatchilarining islohotlardan boxabar boʻlishini, bilim va koʻnikmalarini muntazam oshirib borishini taqozo etmoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida tayyorlanib, haftaning har juma kuni davlat xizmatchilari eʼtiboriga taqdim qilinayotgan “Siyosiy maʼrifat soati” bu boradagi oʻziga xos axborot platformasi vazifasini oʻtamoqda, desak, mubolagʻa emas.
Unda davlat idoralari xizmatchilari faoliyatida zarur boʻlgan foydali manba hamda maʼlumotlar jam qilingan boʻlib, 30 daqiqani oʻz ichiga olgan videojurnaldagi rang-barang sahifalar orqali yurtimizda kechayotgan ijobiy oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati keng va batafsil yoritib kelinmoqda. Shuningdek, undan davlat xizmatchilarini kreativ fikrlashga chorlovchi turli yoʻnalishdagi soʻnggi xabarlar, oʻzgarishlar tafsiloti, mamlakatimiz va dunyo siyosiy maydoni, jahon sahnida kechayotgan voqealar, tarixiy obidalar faoliyati, davlat tilida ish yuritish qoidalari, kitobxonlik hamda salomatlik haqida qimmatli maʼlumotlar ham oʻrin olgan.
Qayd etish joizki, davlat tashkilotlaridagi har bir xodim, jamiyatga oʻzini daxldor deb bilgan vatandoshimiz “Siyosiy maʼrifat soati”ni qiziqish bilan tomosha qilmoqda.
Masalan, videojurnalning “Nima, qachon, qayerda?” loyihasini olaylik. U orqali ishtirokchilar yurtimizda faoliyat yuritayotgan teatr, tarixiy yodgorlik, muzeylar haqida bilib olishlari mumkin. Qulay jihati shundaki, tomoshabin qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, ularga onlayn sayohat qilish imkoniga ega.
Oʻz tarixni bilish va anglash insonda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltiradi. Shu bois, allomalarimiz haqida soʻzlovchi “10 fakt” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, qatnashchilar u orqali buyuk tarixiy shaxslar haqida qiziqarli maʼlumotlarni bilib olishi mumkin. Mazkur loyiha doirasida yaratilgan mediamahsulotlar maktablardagi “Oʻzbekiston tarixi” fani oʻqituvchilari uchun ham foydali manba boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring