Sirdaryolik shifokorlar — Qoraqalpogʻistonda
Prezident Administratsiyasining tegishli topshirigʻiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan farmoyishga asosan, Qanlikoʻl tumanini kompleks rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh shakllantirilib, joylarda oʻrganish va amaliy koʻmaklashish ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Jumladan, shu kunlarda Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Yorbek Mamanazarov, Guliston tibbiyot klasteri direktori Shuhrat Husanov, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi direktori Bahodir Teshaboyev hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali direktori oʻrinbosari Bobur Tojiboyev xizmat safari bilan Qanlikoʻl tumanida boʻlib, hududda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni olib bormoqda.
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Qanlikoʻl tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida aholini, shu jumladan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tashkil etildi. Koʻrik jarayonida fuqarolar keng qamrovli diagnostik tekshiruvlardan oʻtkazilib, ularga zarur tavsiya va yoʻllanmalar berilmoqda. Shuningdek, 40 yoshdan oshganlarda qandli diabet hamda yurak-qon tomir kasalliklari skrining tekshiruvi amalga oshirilmoqda. Skrining natijalari asosida individual davolash rejasini ishlab chiqish ham yoʻlga qoʻyilgan.
Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasi travmatologlari bilan hamkorlikda yuqori texnologik rejali jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi va mazkur amaliyotlar hududda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring