Sirdaryoda “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi
Guliston shahrida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi oʻtkazildi. Ushbu tanlovda 2024-yilda 1986 ta yosh oila qatnashgan boʻlsa, joriy yilda unda ishtirok etish uchun onlayn platforma orqali 2519 ta yosh oila roʻyxatdan oʻtdi.
— “Yosh kitobxon oila” tanlovi yosh oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila aʼzosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda, — deydi Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassisi Doniyor Axrorqulov. — Tanlov ikkita shartdan iborat boʻlib, bu sinovlar mutolaa natijasida toʻplangan bilim va dunyoqarash darajasini aniqlab beradi. Aytish lozimki, bu yilgi tanlovda gʻoliblik uchun raqobat juda kuchli boʻldi. Bu albatta, yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlik tobora rivojlanib borayotganidan dalolat.
Yakuniy natijalarga koʻra, Sayxunobod tumanida yashovchi Zaripovlar oilasi birinchi oʻrin sohibi boʻldi va tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Solijonovlar oilasi (Guliston tumani) ikkinchi, Mirsiddiqovlar oilasi (Xovos tumani) uchinchi oʻrinni egalladi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring