Singapurda Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil etildi
Mamlakatimizning Singapurdagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan tantanali bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbirda Singapur rasmiy vakillari, shu jumladan parlament aʼzolari, qator vazirlik va idora masʼullari, qabul qiluvchi davlatning siyosiy, iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-tahliliy, madaniy doiralari, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, Singapurda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.
Tantanali kechaning faxriy mehmoni sifatida Singapurning mudofaa ishlari boʻyicha katta davlat vaziri Xeng Chi Xou va parlament aʼzolari Lyan Eng Xva hamda Tin Pey Ling qatnashdi.
Mudofaa ishlari boʻyicha katta davlat vaziri Xeng Chi Xou oʻz nutqida, Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon mamlakatlarimiz oʻrtasida doimiy va mustahkam hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini taʼkidladi. “Bu hamkorlik nafaqat ikki tomonlama, balki koʻp tomonlama shakllarda ham rivojlanib bormoqda. Bunga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapurning sobiq Prezidenti Halima Yaqubning muhim davlat tashriflari katta ahamiyatga ega”, dedi u.
Shuningdek, Xeng Chi Xou Oʻzbekistonning taraqqiyot yoʻlini, uning madaniy-tarixiy merosini, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi shaharlardagi meʼmorchilik moʻjizalarini chuqur anglash va qadrlashini qayd etdi.
Oʻzbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shakirov oʻz navbatida, 2023-yil ikki tomonlama munosabatlar yilnomasiga tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan yil sifatida muhrlanganini taʼkidladi. “Yanvar oyida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga tashrifi hamda joriy yilning may oyida Singapurning sobiq Prezidenti Halima Yaqubning Oʻzbekistonga javob davlat tashrifini eʼtirof etish kerak. Ushbu muhim davlat tashriflari ikki tomonlama aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda”, dedi Oʻzbekiston elchisi.
Tadbirning madaniy dasturi doirasida mamlakatimizning turizm va madaniy-gumanitar salohiyatiga bagʻishlangan fotokoʻrgazma tashkil etildi. Bayram kechasi yakunida uyushtirilgan konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring